Kanikulda Qonliko‘lga!!!

Hurmatli Qoraqalpog‘istonliklar va respublikamiz mehmonlari!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanida 30 iyun sanasidan boshlab turizm mavsumining ochilganligini e’lon qilamiz.
Agar, yozgi dam olish vaqtingizni ota-onalaringiz, oila a’zolaringiz hamda farzandlaringiz yoki do‘stlaringiz bilan tabiyat qo‘ynida, ko‘l bo‘yida, mazmunli va shodlikda o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, Sizni poytaxtdan 80 km uzoqliqda, «Nukus-Qo‘ngirot-Mo‘ynoq» avtoyo‘li bo‘yida joylashgan Qonliko‘l tumaniga chaqiramiz!!!

Respublikamizda yagona «90-yillar muzeyi» va «Kitoblar esdaligi», barcha qo‘layliklarga ega milliy otavlar, otlarga minib go‘zal jonli tabiyat qo‘ynida sayoxatga chiqish, milliy va qardosh xalqlar taomlari bilan jonli ovozda ko‘ylashi, yetti g‘azinaning biri bo‘lgan baliq, tabiy toza asal, ekologik toza meva-poliz va bog‘cha mahsulotlaridan ta’tishni hohlasangiz, Sizni Qonliko‘lga taklif etamiz!

«90-yillar muzeyi»

Muzeydagi eksponatlar, xalqimiz tomonidan mustaqilligimizdan avvalgi hamda keyingi davrlarda foydalangan elektro texnik asboblardan 700 danziyod eksponatga ega (televizor, kompyuter, kalkulyator, magnitofon, fotoapparatlar, audio va video appaturalar, kassetalar, pul kupyuralari bilan tiyinlar, telefonlar, avtoruchkalar va hakazo), shuningdek, bu yerda «90 yillar pochtasi» xizmati yo‘lg‘a qo‘yilgan bo‘lib, Siz mahsus «Qonliko‘l» belgisi tushirilgan otkritkalarda yaqinlaringizga xat yo‘llashingiz mumkun.


Bu muzeyda tamoshabinlar uchun bolalik, yoshlik  davrlarini xotirlash, yoshlar uchun mustaqilligimizning dastlabkiyillarida foydalangan elektro-texnikvamaishiy buyumlar bilan tanishish, mustaqillik yillarida yuz bergan yangilanish va rivojlanishlar bilan taqqoslash imkoniyoti a’lohida ta’surot qoldiradi.

«Arba» etnokafesi

«Asel-lәzzet» xususiy korxonasi tomonidan «Navro‘z» ovul  fuqarolar yig‘ini xududidagi A-380 «Guzor-Buxara-Nukus-Beyneu» avtomagistrali bo‘yida joylashgan.


Bu etnomadaniy dam olish markazi ham barcha qo‘layliklarga ega, qoraqalpoq, tүrkmen, qozoqxalqlari milliy utovlari ham o‘zbek xalqining milliy tapchanlarida dam olish uchun imkaniyotlar yaratilgan. Shuningdek, mehmonlar uchun teatrlashtirilgan kichik  tamoshalar, jonli ovozda qardosh xalqlarning dastүriy va zamonaviy qo‘shiqlar ijro etiladi, mohir oshpozlar tomonidan qardosh xalqlar taomlari va boshqada zamonaviy ovqatlar tayyorlanadi.


Bu yerdagi «Suvenirlar dukancha»sida «Orol dengizi mintaqasi havosi» kabi va boshqa o‘zgacha, qo‘l mehnati yordamida tayyorlangan har hil suvenirlarni esdalik sifatida sotib olishingiz mumkun. 

«AlimSeyis» otchilikga iqtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi

Fermer  xo‘jaligi shu yili tashkillashtirilib, bugungi kunda jami 100 boshqa yaqin otlar boqilmoqda. Ota-bobolari bir asrdan buyon otchilik bilan chug‘ullanib kelayotgan, bu xo‘jalikda ingliz, qorabayir, axilteke kabi nasldor 20 danziyod otlar respublikamizning va tumanlarning to‘ylari va otlar musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallab kelayotgan fermer va seyislar avlodi bilan tanishishingiz mumkun.


Hozirgi kunda otlar ko‘paytirilib, nasl olish va yana 5 ga maydonda meva bog‘ini yaratish, shuningdek, tuyachilikni rivojlantirib, kelajakda xalqimizni shubat va qimiz mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu o‘rinda mehmonlarga qo‘lay dam olisho‘rinlari, o‘tovlar, milliy taomlar, tajribali yo‘l boshlovchilar bilan birgaliktaot minib, go‘zal tabiyat qo‘ynida sayoxat qilib, do‘stlaringiz bilan alov atrofida qo‘shiqlar aytib, dam olish uchun imkaniyotlar yaratilgan.

«Kitoblar esdaligi» monumenti

Tuman markazida, xalqning madaniy dam olish maydonchasida O‘zbekiston Respublikasida yagona bo‘lgan «Kitoblar esdaligi» monumenti joylashgan. Bu yerda har kuni xalqimiz va yoshlar kelib, ko‘layli o‘rindiqlarda kitab o‘qib, dam olishi mumkun. Shuningdek, xalqimiz, asosan abituriyent yoshlar o‘rtasida «Kitoblar esdaligi»n ziyorat etib, kitob o‘qinga, bilim olishga qiziquvchilik  ortib, kelajakga degan ishonch orttiradigan o‘rin degen tushuniklar shakllanmoqda.


Shuningdek, xuddi shu maydonda yana bir o‘zgachalik «Bilimsiz va dangasa insonning jamiyattagi o‘rni» nomli esdalik o‘rnatilgan bo‘lib, bu o‘qimaydigan va mehnat ishlamaydigan insonlarning jamiyatimiz va xalqimiz o‘rtasida o‘rni qay darajada ekanligini aniq  ko‘rishingiz mumkun.

Asalarichilik sohasi

Tuman xududida asal arichilikga iqtisoslashtirilgan bir qansha fermer xo‘jaliklari bo‘lib, bu yerda o‘zlaringiz va farzandlaringiz bilan birgalikda asal mahsulotlarini yetishtirish usullari,asal arilarini farvarish qilish, asalni yig‘ish texnologiyalari bilan tanishish, inson salomatligi uchun judayam foydali bo‘lgan asal yetishtirishni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishva tabiy toza asal mahsulotlaridan dam tatish va arzon baholarda sotibolishingiz mumkun. 

Sanaot korxonalarisohasi

«Kanteksinvest» MChJ ip iyirish fabrikasida qurilish ishlari bilan bugungi kunda 350 nafar ishchi band. Kelajakta bufabrikadan yiliga 27-30 million AQSh dollarifoyda olish rejalashtirilgan.

 
«Internationalconstructionmachinery» MChJ kunjitni qayta ishlab, kunjit yog‘ini ishlabchiqarishva eksportga chiqarish bilan shug‘ullanadi. 


Bu yerda oyiga 400 tonna kunjit qabul qilinib, o‘ndan 100 tonna kunjityog‘i ishlab chiqarish va kelajakda 150 nafar odamni ish bilan  ta’minlash rejalashtirilgan. 

Agroturizm sohasi

Bu sohada dehqonlarimiz tomonidan ovul xo‘jaligi mahsulotlari, farzandlaringiz uchun kundalik kiyim, non, meva-poliz, bog‘cha va boshqada oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy tovarlari uchun asosiy xomashyo -  paxta, bug‘doy yetishtirish agrotexnologiyasi bilan o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib tanishish va o‘nda tikkeley qatnashishga, agar, yozgi dam olish vaqtida pisikchilik mavsumida hohlasangiz tabiy va ekologik toza meva-poliz va bog‘cha mahsulotlaridan tatib, arzon baholarda sotib olishingiz mumkun.

Aytib o‘tilgan ob'yektlarga ekotur tashkillashtiriladi.

Barchangizni Qonliko‘lda mehmon bo‘lishga taklif etamiz!!!

Murojat uchun telefonlar: +998907241787