O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari gazeta-jurnallariga va «Qonliko‘l xabarlari» gazetasiga 2019 yil uchun  OBUNASIGA ChAQIRAMIZ



Bizning har birimiz kun, yil sari yangilanib borayotgan davr yangiliklari bilan o‘zgarishlaridan, turmush yutuqlaridan xabardor bo‘lib, ulardan ma’naviy ozuqa olib yashashda respublika gazeta-jurnallari a’lohida o‘rinni egallaydi.
Atrofimizdagi bulayotgan jarayonlar bilan turmushning baland-pastini gazeta-jurnallar orqali bilib, urganib saboq olamiz va shuning orqasidan hayotni urganamiz, zamondan keyin qolib ketmaslikga harakat qilamiz. Shuning uchun ham  ma’naviy boyligimiz bo‘lgan gazeta-jurnallarni mutoola qilib borsak gina ma’naviy yetuklikda yashay olamiz.
Respublikamiz hayotining ko‘zgusi, har bir inson uchun ma’naviy ozuqa hisoblangan, gazeta va jurnallarga 2018 yil uchun obuna mavsumi «Qoraqalpoq pochtasi»ning tuman bo‘limlarida davom ettirilmoqda.
Kelgusi yili gazeta - jurnallar orqali oilangiz va har biringizning ma’naviy ozuqa olishingiz uchun uzluksiz ta’minlanishini hohlasangiz, Respublika gazeta va jurnallar obunasiga chaqiramiz.

Qonliko‘l tumani «Qonliko‘l xabarlari» redaksiya a’zolari, gazetamizning sifatli bo‘lib chiqishi, bo‘sh vaqtingizning mazmunli o‘tishi uchun qiziqarli xabarlar, foydali maslahatlar, yumor-satirik janrdagi hikoyalar, «Ko‘ngil oshar qatorlar» bilan boyitib borishga harakat qilamiz.
«Qonliko‘l xabarlari» gazetasining bahosi qo‘yidagicha:
Bir yilga: Fuqoralar uchun - 127 680 so‘m.
                   Idora va tashkilotlar uchun - 140 450 so‘m.
Olti oyga: Fuqoralar uchun - 63 860 so‘m.
                   Idora va tashkilotlar uchun - 70 230 so‘m.