Qonliko‘l tumanida 102 nafar oila yarashtirildi



Qonliko‘l tumani hududidagi «Navro‘z» ovul fuqarolar yig‘inida «Oilalardagi ajrimning oldini olish» mavzusida ochiq muloqat o‘tkazildi.

Suhbatning maqsadi, hozirgi kundagi oilalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni yoshlarning asosan ikkita tomonning yoshi ulug‘lari keltirib chiqarayotigani, ularning yoshlarning hayotida ziddiyatlarning kelib chiqishi tufayli oilalardagi ajrimlarning oldini olishni targ‘ibot qilishga qaratilgan.

Shuningdek, suhbat davomida, oilalarda nikohdan o‘tishdan avval yoshlarni hayotga tayyorlash, tibbiy ko‘rikning ahamiyati, hayotiy kelishmovchiliklar sababli polvinga borish - quroni karimda gunoh ekanligi hamda ota-onaga, qaynota-qaynona, bir-biriga oila a’zolari bilan o‘z-aro munosabatidagi hurmati, yoshlarning oilalardagi o‘z o‘rniga ega bo‘lishi haqida keng turda tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, mana shunday tadbirlarning olib borilishi, targ‘ibot ishlarining uzliksiz turda o‘tkazilishi natijasida Qonliko‘l tumanidan fuqarolik sudiga ajrim bo‘yicha kelib tushgan 28 nafar oilaning hamda tuman bo‘yicha jami 102 nafar oilaning yarashtirilganligi haqida ta’lumotlar berilib, tegishli idora tashkilotlardagi yarashtirish komissiyalari birgalikda harakat qilishda olib boriladigan tadbirlarni bundan keyin ham kushaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Suhbatda, «Navro‘z» OFY boshlig‘i B.Qaypnazarov, tuman «Oila» markazi boshlig‘i E.Baltabayeva, tuman FHDYo bo‘limi boshlig‘i P.Avezova, «Yeshim axun» jo’me masjidi imom katibi N.Naimov, tuman adolat bo‘limi xodimi B.Matchanova hamda «Navro‘z» ovul fuqarolar yig‘ini mutahassisi J.Serkebayevalar ishtirok etishdi.