O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputati Z.Xaniyazov Qonliko‘l tumanida bo‘ldi



2018 yil 11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Z.Xaniyazov Qonliko‘l tumanida bo‘lib, tuman hokimi ishtirokida Xalq deputatlarining Qonliko‘l tumani Kengashi deputatlari bilan ochiq muloqat o‘tkazildi.
Muloqot jarayonida, xalq deputatlarining tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuman xududidagi fuqoralarning o‘zini-o‘zi boshqarish uyushmalarida olib borilayotgan ishlari bilan o‘tkazayotgan tadbirlari shuningdek, xudud ahli bilan o‘chrashuvlar o‘tkazilib, o‘larda fuqarolar asosan yoshlarning murojaatlari bilan taklif, fikr mulohozalari tinglanib, aniqlangan muammolarga o‘z o‘rnida yechim topishi, 2019 yilgi «Yo‘l xaritasi» davlat dasturiga kiritilgan murojaatlarining bartaraf etilishi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, tuman hududidagi «KANTEKS INVEST» ip igirish va qayta ishlash fabrikasini borib ko‘rdi va fabrikaning hozirgi kundagi holati bilan tanishdi.
Bundan keyin tuman ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida bo‘lib, shifoxonadagi aholining salomatligini mustahkamlashda tibbiyot xodimlarining ishlari hamda sohadagi uchrayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli soha vakillariga topshiriqlar berildi.