«Yoshlar kelajagimiz» davlat dasturi amalda



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyun kungi «Yoshlar kelajagimiz» davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-5466-sonli farmoni talablarining ijrosi bo‘yicha respublikamizning barcha joylarida targ‘ibot ishlarini olib borilib, farmon talablariga muvofiq, xududlarda shtab tuzilib, faoliyatini boshlamoqda.
Shtablarning maqsadi, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-qo‘vvatlash, yoshlarni biznes bilan chug‘ullanishi uchun qo‘lay sharaoitlar, ish o‘rinlarining yaratilishiga, xududlarda ishsiz yoshlarning qatlamining bandlagini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, investisiya va ijtimoiy komplekslar, tijorat banklarining tuman filiali, fuqarolarining o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikdatadbirkorlik faoliyati bilan chug‘ullanish istagi bo‘lgan, band bo‘lmagan yoshlarni aniqlash, yoshlarning pasportlarini shakllantirish, yoshlarning biznes tashabbuslari, start-ap, g‘oyalar va loyihalarini ishlab chiqishda zarur hujjatlar va materiallarni tayyorlashda, rasmiylashtirishda, tadbirkorlik faoliyatini tashkillashtirishda yoshlarga bog‘liq aniqlangan muommalar hal qilinib, tadbirkorligini boshlashda ko‘maklashish hisoblanadi.
Qonliko‘l tumani xududida faoliyat yuritayotgan 4 sektor doirasida 11 ta ishchi guruh tashkillashtirilib, xududlarda uyma-uy yurib, joylarda, chetki xududlarda uchrashuvlar o‘tkazilib, yoshlarning ishsiz va bitiruvchi yoshlarning murojaatlari, bildirilgan takliflari tinglanmoqda.
Bugungi kunda, ishchi guruh tomonidan 8116 ta oiladan, shundan 14-30 yosh oralig‘idagi 12 816 nafar yoshlarning (shundan 5992 nafari xotin-qizlar) taklif va mulohozalari o‘rganilib, turli sohalar bo‘yicha jami 926 nafar yosh tadbirkorligini boshlash uchun kredit olishga qiziquvchiligini bildirgan yoshlar aniqlandi.