«Ona tabiyat fasllari» tanlovi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabr kungi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qaroriga muvofiq, Qonliko‘l tumanidagi «Qosjap» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining maktabga tayyorgarlik guruhi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Ona tabiyat fasllari» ko‘rik tanlovi tashkillashtirildi. 
Ko‘rik tanlovining maqsadi, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarning salomat yetuk bo‘lib tarbiyalanishi, kelajakda aniq maqsadga qadar intilishi, harakat qilishi, tarbiyalanuvchilarning ona tabiyat mu’jizalari bilan tanishishi, fasllar almashishi, atrof muhitning ifloslanishi, ekologik madaniyat bo‘yicha  tadbirlar bilan tanishtirish, o‘z ustida izlanishi, boshlang‘ich bilim olishi, kundalik sog‘lom turmush tarziga amal qilishida, shuningdek, til o‘rganishida atrofdagi yashil va jonli tabiyatni turli tillarda aytish va yozib o‘rganishga, atrofni tanishi,  chaqqonligini, epchilligini oshirishga qaratilgan.