Tumanimiz palvonlari



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 sentyabr kungi jismoniy tarbiya va sport masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish topshiriqlariga muvofiq, har yili ommaviy sport tadbirlarining belgilangan respublika rejasi asosida barcha joylarda sport turlaridan musoboqalar haftaliklar o‘tkazilmoqda.
Qonliko‘l tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabida tuman hududidagi fuqarolar bilan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning kurash turidan musoboqa tashkillashtirildi.
Musoboqaning maqsadi asosan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzinii shakllantirishda sport turlarining ommalashshishiga erishishga qaratilgan.
Musoboqa davomida, turli salmoq kategoriyalari bo‘yicha yigitlar va qizlar o‘z-aro bellashdi, yigitlar o‘rtasida Nasratdinov Dao‘it 27 kg salmoq, Ashirbayev Qallibek 42 salmoq, Ayapbergenov Ramazan 46 kg salmoq, qizlar o‘rtasida Sadatdinova Elmira 44 kg salmoq, Oralbayeva Dilfuza 57 kg salmoq kategoriyalari bo‘yicha birinchi o‘rinni olishga erishdi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari Sh.F.Mo‘minjanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining  Q.Sh.Reymovlar bilan tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i S.Abdiramanov ishtirok etdi.