ИIshchi guruh a’zolari Qonliko‘lda



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15-16  noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan safari davomida berilgan topshiriqlariga muvofiq, barcha joylarda ijtimoiy va diniy muhitni o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Musulmonlar idorasi bo‘limi mudiri H.Ishmatbekov, Qoraqalpog‘iston Musulmonlar qaziyati qozi o‘rinbosari B.Razovlar tarkibidagi ishchi guruh a’zolari Qonliko‘l tumanida bo‘lib, barcha fuqarolar yig‘inlarida  profilaktika inspektorlari, imom, ko‘cha biylari, mutahassislar bilan hududda yashovchi fuqarolar ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Muloqotlarning maqsadi, aholi o‘rtasida ijtimoiy va diniy muhitni o‘rganish, erta nikohning oldini olish, sha’riy nikohning ahamiyati, milliy qadiriyatlarimizga yot illatlarning odamzotga va xalqimizga keri ta’sirini, kelajak avlodlarga, aholining barcha qatlamlariga targ‘ibot qilishga qaratilgan.
Muloqotlar davomida, tegishli idora, tashkilotlar birgalikda kindik qonimiz tomgan ona yerimizni asrab-abaylash, erta nikohning oqibati, kelajakka keri ta’siri, yoshlar o‘rtasida hayotiy kelishmovchiliklar tufayli bitta nikohdan ajralmay turib ikkinchi nikohga o‘tishi, nikohdan avval tibbiy qo‘rikdan o‘tishi, sha’riy nikohning ahamiyati, shet ellarga ishlash istagida chiqqan  yoshlarning millatimizga yot illatlarga, oqimlarga aralashib qolishi natijasida g‘arazli niyatlarini amalga oshirish bo‘yicha missionerlikga yo‘l qo‘ymasligi,  har bir yoshning ongiga mafkuraviy immunitet to‘yg‘usini shakllantirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.