Mehr-muruvvat tadbiri doirasida



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 10-avgust kungi 237-son qarori va tuman Adliya bo’limining II yarim yilligi uchun tasdiqlangan ish-rejasi, 12 bandining ijrosini ta’minlash maqsadida, tuman Adliya bo’limi, Qonliko’l tumani davlat notarial kontorasi hodimlari va tuman Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sektori bilan birgalikda, tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni moddiy va ma’naviy tarafdan qo’llab-quvvatlash, jamiyatda o’z-aro do’stlik, totuvlik, oqibat va bag’rikenglik muhitini yana da mustahkamlash bo’yicha mehr-muruvvat tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbir doirasida, muhtojlarga 15 turdagi oziq-ovqat, gigiena mahsulotlari in’om etildi. Shuningdek, ularga tibbiy xizmatlar ko’rsatilib, zarur dori-darmonlar olishda manzilli yordamlar ko’rsatildi.

Shuning bilan birga, tadbir davomida, “Pensiya ta’miynoti to’g’risida”gi Nizom, Saylov Kodeksi va Vazirlar Maxkamasining 237-son qarorining mazmun-mohiyati keng tarizda tushintirilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.