Tadbirkorlar murojaatlari yechim topmoqda



 Qonlikul tumani hokimligi vakillari, tumandagi O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi mudiri X.Tawmuratov, Qo’ng’irot tumanlararo fuqarolik ishlari bo’yicha sudi boshlig’i N.Abdiha’kimov, Qo’ng’irot tumanlararo iqtisodiyot sudi sudyasi A.Ayapov, Jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudi raisi E.Abibullaev, Ma’muriy ishlar bo’yicha tuman sudi raisi J.Aymag’anbetova va tuman Adliya bo’limi boshlig’i T.Asanov ishtirokida, “Besko’pir” ovul fuqarolar yig’inida sayyor qabul tashkil etildi.

 Sayyor qabul davomida, shu hudud fuqarolarining, shuningdek, tadbirkorlikga bel bog’lagan yosh ishbilarmonlarning bir qator murojaatlari tinglandi. Jumladan, fuqaro A.Fayzullaevning o’g’li tegishli turar joy uchastkasiga qonuniy tartibda egalik etish masalasi, fuqaro M.Reymbaev chorva mollari etishtirish maqsadida, Agro bankning Qonlikul filialidan imtiyozli kredit olishidagi va fuqaro A.Ha’kimbaeva tijorat banklaridan avtokredit olish bo’yicha yuzaga kelayotgan muammolar asosida, o’z murojaatlarini bildirishdi. Murojaatlar bo’yicha tegishli soha vakillari tasdiqlangan tartibda o’rganish olib borib, yaqin kunlar ichida bildirilgan muammolar o’z yechimini topadi.