Qonliko‘l tumanidan qancha mahsulot eksport qilindi



Qonliko‘l tumanida ijtimoiy holatni yaxshilash va iqtisodiy potensialini  oshirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar doirasida 2018 yilning 1-yarim yilligida mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha 2017 yil davomida 5 ta korxonalar tomonidan jami 155,1 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.
2018 yilning 6 oyi davomida yangidan 3 ta eksporter korxona tashkil qilindi va tuman bo‘yicha 7 ta korxona tomonidan 604,2 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi.
Mahsulotlar asosan Xitoy, Niyegriya va Yevropa davlatlariga eksport kilinmoqda.