«Barkamol avlod» markazidagi bir kun 



Davlatimizda yosh o‘smirlarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharaoitlar va xalqimizning talabi bilan markazga bo‘lgan talab ham har kuni ortmoqda.
Qonliko‘l tumani xalq ta’lim bo‘limi taaruffidagi «Barkamol avlod» bolalar markazida bugungi kunda jami 24 yo‘nalish bo‘yicha to‘garaklarda bolalar ho‘nar sirlarini o‘rganmoqda.

Bolalarning qiziqishlarini inobotga olib tashkil etishi bilan tuman hududidagi 2, 23, 15, 17-sonli umumta’lim maktablarida markazning filiallari ham tashkil etilib qishloq bolalari ham markaz xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. O‘larga markaz to‘garaklariga qiziquvchan bolalarni aniqlash, to‘garaklarga tortish va yangi innovasion g‘oyalarni qo‘llab-qo‘vvatlash dasturida olib borilayotgan amaliy tadbirlar doirasida tuman xalq ta’limi bo‘limi va «Barkamol avlod» bolalar markazi bilan birgalikda «To‘garaklar yarmarkasi» tashkil etildi.
Yarmarkaga asosan tuman umumta’lim maktablari o‘quvchi yoshlari ishtirok etishib, markazda yaratilgan sharaoitlar, harakatdagi to‘garaklar va bu yerdagi o‘quv amaliy ishlari bilan yaqindan tanishishdi.
Yurtimizda o‘quvchi yoshlarimizdagi faolliklari, bu yerdagi qiziquviliklardan qo‘zga tashlanadi. Asosan qiz bolalar uchun kastachilik, to‘qimachilik, milliy taom tayyorlash, shuningdek, radiotexnik, madaniyat, ekologiya, kompyuter texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilgan ishlar ishtirokchilarda katta tasirlar qoldirdi.
Shuningdek, yurtimizda o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida ishtirok etayotgan markaz tarbiyalanuvchilari joriy yil 19-20 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida o‘tkazilgan festivalda faol ishtirok etgani uchun nominasiya va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu o‘tkazilayotgan tadbirlar o‘quvchi yoshlarning yangi innovasion g‘oyalarini qo‘llab-qo‘vvatlash va yuzaga chiqarishiga xizmat qiladi.