Xotin-qizlarda sport haftaligi



«Sport salomatlik» mavzusida aholining barcha qatlamlarini o‘rtasida milliy sport turlari ommaviylashishiga erishish, sog‘lom turmush tarzini saqlashda sportning ahamiyati dasturida targ‘ibot ishlari  jarayonida sport sohasida olib borilayotgan tadbirlar doirasida barcha joylarda sport haftaliklari o‘tkazilmoqda.
Qonliko‘l tumani Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 5-11-noyabr kunlari «Xotin-qizlar sport haftaligi» doirasida, tuman hududidagi barcha fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish uyushmalarida, ta’lim idoralari bilan davlat idoralarida xotin-qizlar ishtirokida tongi mashg‘ulotlar tashkillashtirilmoqda.
Bundan tashqari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida asosan hududlardagi uyushmagan xotin-qizlar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, arqon tortish, yengil atletika, badiiy gimnastika, voleybol, stol tennisi turlaridan musoboqalar o‘tkazildi.
Musoboqalarda g‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tumanda sport haftaliklari davom etmoqda.