Qanlıkól rayonı haqqında

Qoraqalpog’iston Respublikasi markaziy tumanlaridan biri Qonliko’l A-380 «Guzar-Buxaro-Nukus-Beyneo’» avtomagistral yo’li bo’yida joylashgan.

 

Qonliko’l tumani dastlab Qungrad tumanining bo’limi bo’lib, 1970 yil 7 dekabrda «Leninabad» tumani bo’lib tashkillashtirilgan.

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Soveti Prezidumining Farmoni asosida 1993 yil 9 yanvardan boshlab «Qonliko’l» tumani bo’lib o’zgartilgan.

 

Bu erda oldin «Sorkol» nomli ko’l bo’lib, o’ning atrofi qalin to’qoyzorlikda xalq ovchilik bilan chug’ullanib kelishgan. Xalq aholisi ovga chiqish oldidan oving qonli bo’lsin, ovdan bo’sh qaytmagaysiz o’lja bilan qaytgaysiz tilaklarini bildirishgan, so’ng, bu er Qonliko’l deya atala boshlagan.

 

Qonliko’l xududida qoraqalpoq xalqi 1746 yillari joylasha boshlagan.

 

Usha davrlardan qolgan tarixiy esdaliklar – «Ug’uz daryo», «Jana qa’la», «Yangi jana qa’la»lar 1893 yilda qurilgan. Boshmachilar ko’tarilishi hamda Shumanayning suvining tortilishi tufayli 1901-1902-yillari bu erdan xalqning ko’pchiligi ko’chib ketgan. Tariyxda bosmachilarga qarshi kurashda xalq o’rtasidan chiqqon Utesh botir lashkar yig’ib, kurashlar olib borgan. Utesh botirga xududdagi «Yangi jana qa’la»ga quyilgan, hozirgi kunda Utesh botir nomiga esdalik gumbaz qurilgan.

 

Tumandan xalqning tinchligi va ozodligi or-nomusi uchun kurashgan belgili xalq botirlari (Utesh botir, Marqabay botir, Eskene botir) ulug’ allomalar (Eshim axun, Qazi Qasim axun, Abdiraman axun, Sarsenbay axun, Abdirashid axun, Abiy axun, Sodiq imom, Pirmon imom, Irza imom, Qaljon axun, Abdireym axun, Abdio’aliy imomlar), Qulamet jirov, el farzandi Kuptileo’ Nurmuhammedov, ilmiy xizmatkorlar bilan respublikamizni butkul dunyoga tanitgan akademik Marat Nurmuhammedov, filologiya ilmlarining kandidati, sholining «Nukus 1» va «Nukus 2» sortlarining avtori T.Babaniyazov, professor J.Matmuratov, xosh ovoz talant egasi A.Shamuratova va yozuvchi shoirlar (K.Toreshov, N.Toreshova, A.Qaypov, N.Dao’letbaev) kamolga kelgan. Bu qutlug’ diyorning tirnog’ini qo’yib, ajoyib Qonliko’l deya atalmish binoning bo’y tiklashiga o’z hissasini qo’shgan tabarruk insonlarning nomlarini davom ettirish mumkun.

 

Mana shunday el farzandlari o’sib chiqqon bu maskan bugungi kuni «Begjap» qishlog’idan «Arzimbetqum» qishlog’iga qadar keng ekin maydonlarni o’z ichiga olgan xudud kundan-kunga chiroylanib yangilanmoqda.

 

Shahar tipida qurilgan Qonliko’l posyolkasi, chimolda-Qo’ngrod tumani, chimoli sharqda-Kegayli tumani, g’arbiy-sharqda Xo’djayli, g’arbiy janubda- Shumonay tumanlari bilan chegeradosh.

 

Tumanning xududiy ko’lami 74 409 gektar (shundan ekishga yaroqli maydoni 32 815 gektar) bo’lib, xalqi asoan – qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadi. Tumanda jami 11 ta o’zini-o’zi boshqarish uyushmalarida yashovchi jami xalq 49 700 tani tashkil etadi, ularning 74% qishloqlarda yashaydi.

 

Xalqning diyarli 100% elektr energiyasi, 99,9% tabiy gaz, 84,8% toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Xalqning o’rtacha zichligi 1 kv.kmga – 70 ta fuqarodan to’g’ri keladi.

 

Qonliko’l tumaning tuzilganidan boshlab, tumanga 1970-1972 yillari Umirbay Qudaybergenov, 1972-1983 yillari Yaqipbay Qurbanov, 1983-1986 yillari Niyetulla Seytnazarov, 1986-1988 yillari Sag’indiq Niyetullaev, 1988-1992 yillari Islam Aminov, 1992-2000 yillari Jetkinshek Qaypnazarov, 2000-2002 yillarda Burkitbay Qidirniyazov, 2002-2014 yillarda Tolibay Ibragimov, 2014-2016 yillarda Marat Sayjanov, 2016-yildan boshlab, hozirgi kunga qadar Mels Qosnazarov rahbarlik qilmoqda.

 

Hurmatli Prezidentimiz hamda hukumatimiz tomonidan qabul qilingan bir qator Farmon va Qarorlar talablari asosida, tumanning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarini rivojlantirish hamda xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xududda ko’plab binolar barpo etilib, qishloq xo’jaliklarida fermer xo’jaliklari tashkil etildi, tadbirkorlar tomonidan aholiga maishiy xizmat ko’rsatuvchi shaqobchalar ochilib, xudud ahligi xizmatlar ko’rsatilmoqda.

Skip to content